Bo`lim xaqida

Ofis registrator xizmatlari bo’limi

Registrator ofisi xizmatlari bo’limi ta'lim olish davrida ta'lim oluvchilarning barcha o'quv yutuqlarini ro'yxatga olish bilan shug'ullanadigan, fakultetlar va kafedralar, xodimlar va professor-o’qituvchilar tarkibi, talabalar kontingenti va ularning harakatiga oid axborotlarni boshqarish, ma’lumotlarni shakllantirish hamda qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi bo’lim hisoblanadi. va o'quv ishlari bo'yicha prorektorga bevosita bo'ysunadigan xizmat.

Vazifalari

Institut akademik jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o‘tkazish;

Xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy taʼlimning ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga yo‘naltirilgan taʼlimdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan taʼlim tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish;

Oliy taʼlim mazmunini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadigan, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;

Oliy taʼlimning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy taʼlim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish;

O‘quv dasturlari va rejalari, o‘quv mashg‘ulotlari va imtihonlar jadvallari, talabalarning o‘zlashtirish va davomatiga oid axborotlarni boshqarish;

Oliy taʼlim muassasalari faoliyatidagi barcha jarayonlarni ochiqligi va shaffofligini taʼminlash;

Oliy taʼlim tizimida o‘quv jarayonini avtomatlashtirish;

Bo‘lim taʼlim jarayonini o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan xorijiy va davlat taʼlim standartlari, o‘quv va ishchi o‘quv rejalari, fanlar bo‘yicha namunaviy va ishchi o‘quv dasturlariga muvofiq tashkil etadi, ular asosida dars jadvallarini tuzadi va uni barcha fakultetlar, kafedralar tomonidan to‘liq bajarilishini taʼminlaydi;

 

Registrator ofisi taqdimoti

Ofis registrator

Andijon davlat pedagogika instituti ofis registator markazi

Manzil:

Andijon viloyati, Andijon shahar, "Taxtako'prik" MFY, Do'stlik ko'chasi, 4-uy

20-yo'nalishdagi damaslar qatnaydi