ADPI ofis registrator tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlar
HEMIS TIZIMI ORQALI
Talabalar o‘qishi to‘g‘risida ma’lumatnoma olish uchun Hemis tizimidan foydalanishlari mumkin bo’ladi. Buning uchun:
Hemis tizimiga kiriladi;
Hujjatlar ro’yhati bo’limidagi Ma’lumotnomalar oynasi tanlanadi;
«+» tugmasini bosish orqali ma’lumotnoma shakllantiriladi va yuklab olinadi.
MY.GOV.UZ TIZIMI ORQALI
my.gov.uz portali orqali bir zumda o‘qish joyidan ma’lumotnoma olish mumkin! Bilamizki, zarur hollarda talabalar ishga joylashish uchun, avia yoki temir yo‘l kassalariga, mudofaa bo‘limiga, bankka va yana boshqa joylarga o‘qish joyidan ma’lumotnoma taqdim etishi talab etiladi. Odatda u dekanatlarda berilar edi.
Ushbu ma’lumotnomani internet orqali oson olish imkoniyati mavjud.
"O‘qish joyidan ma’lumotnoma olish" xizmati:
mutlaqo bepul;
elektron imzo talab etilmaydi;
to‘liq avtomatlashgan (inson omilisiz);
ma’lumotnomani shaxsiy kabinetdan PDF shaklida yuklab olish va hujjatlar repozitoriysida saqlab qo‘yish imkoniyati bor
2023-2024- o‘quv yili uchun respublikasi oliy ta‘lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizlar quydagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi :
ariza ( online tarzda )
transkript yoki reyting daftarchasi (JPG yoki PDF shakli)
akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun )
Eslatib o‘tamiz joriy yildan boshlab faqat 2 toifadagi talabalar (turmush qursa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tganda) gi ichki «perevod»uchun o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi.
Bir oliy ta‘lim muassasasi doirasida oliy ta‘limning mos yo‘nalishi bo‘yicha talabalar o‘qishini ta ‘lim shaklini o‘zgartirish (kunduzgi ta‘limdan sirtqi ta’limga);
Oliy ta’lim muassasasi rektorning buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish ;
mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plashga talab etiladi ;
o‘tish balini to‘play olmasa,super-kontrakt shartlari asosida o‘qishni ko‘chirishga ruxsat beriladi;
mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik «super- kontrakt» to‘lab ko‘chirilishi mumkin .
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish va akademik ta’tildan so‘ng ularning o‘qishini davom ettirish tartibini belgilaydi.
Akademik ta’til olish uchun talaba (sog‘lig‘i holatiga ko‘ra talaba shaxsan murojaat etish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, uning ota-onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar yoki turmush o‘rtog‘i) tomonidan oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi.
Akademik ta’til olishni so‘rab murojaat qilgan talabaning arizasiga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: Harbiy xizmatni o‘tash uchun - tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlarining talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi; Salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi; Oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun - oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi.
Talabaga akademik ta’til berilishi uni oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi. Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi. Yana toliqroq ma’lumot olish uchun lex.uz sayti orqali bilib olishingiz mumkin.
Ma`lumotlarni PDF shaklida yuklab olish
Ta’lim tashkilotini tamomlagan, ma’lumotini tasdiqlovchi hujjati (diplom, sertifikat) yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelgan, familiyasi, ismi, otasining ismi o‘zgarganda jismoniy shaxslar hujjatning dublikatini berish uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali murojaat qiladi.
Dublikat asl nusxa bilan bir xil yuridik kuchga ega.
- Ariza beruvchi DXMga kelib murojaat etganda xodim ariza beruvchi nomidan so‘rovnomani elektron to‘ldiradi.
- Ariza beruvchi so‘rovnomani YaIDXP orqali to‘ldirilganda, undan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.
- Davlat xizmati uchun BHM 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Yig‘imni to‘lamaslik xizmat ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilsa, ularni bartaraf etish uchun ariza beruvchiga 5 ish kunlik muddat beriladi.
So‘rovnoma tushgandan boshlab 10 ish kunida hujjat dublikati rasmiylashtiriladi va bu haqida ariza beruvchiga xabar beriladi.
Ariza beruvchi ta’lim to‘g‘risidagi hujjat dublikatini vakolatli organdan olib ketadi.
Ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, ta’lim to‘g‘risidagi hujjat dublikati vakolatli organ tomonidan pochta xizmati orqali yuborilishi mumkin. Bunda pochta uchun to‘lovlarni ariza beruvchi to‘laydi.
Ma`lumotlarni PDF shaklida yuklab olish
26 shakl ma‘lumotnomasini olish uchun (Toshkent shaxar va viloyatlar Mudofa ishlar bo‘yicha bo‘limlariga topshirishga) quydagi hujjatlar taqdim etiladi :
Pasport nusxasi
Xarbiy guvoxnoma nusxasi
3X4 rasm - 1 dona
Fakultet dekanatidan ma‘lumotnoma
Ma`lumotlarni PDF shaklida yuklab olish
Apellyatsiya tartibi quyidagicha:
Test sinovlari natijasidan norozi bo’lgan abituriyentlar 21-avgustdan 30-avgustgacha (belgilangan ish vaqtiga muvofiq) apellyatsiya komissiyasiga apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega; Nizomda apellyatsiya shikoyatlari yozma yoki elektron shaklda berilishi aytilgan. Ammo elektron ariza berishning tartibi yo’q, faqat yozma (qog’ozda) qabul qilishadi. Shuni abituriyentlarning shaxsiy kabineti yoki DTM sayti orqali yo’lga qo’yish shunchalar qiyinmi?
- abituriyent xabarnomada belgilangan kunda o’zining pasporti va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart;
- abituriyentga uning javoblar varaqasi nusxasi, test topshiriqlari noto’g’ri bajarilgan javoblar ro’yxati hamda test topshiriqlari kitobi beriladi;
- abituriyent o’zining har bir noto’g’ri deb hisoblangan test topshirig’iga javoblarini yozma ravishda bayon qiladi va apellyatsiya komissiyasiga taqdim etadi;
- apellyatsiya shikoyati faqat abituriyent ishtirokida, uning yozma javoblari asosida ko’rib chiqiladi. Ilgari ota-onasi yoki ustozlariga ruxsat berilardi, keyinchalik buni taqiqlab qo’yishdi;
- abituriyentning yozma javoblari o’z tasdig’ini topmagan bo’lsa, shikoyatni rad etish to’g’risida qaror qabul qilinadi;
- abituriyent murojaat qilganda unga qarordan ko’chirma beriladi;
- abituriyentning javoblar varaqasi, test topshiriqlari kitobi DTMga belgilangan tartibda yetkazilmagan, yirtilgan bo’lsa, shuningdek, test sinovlaridan chetlashtirilgan yoki o’zining javoblarini yozma ravishda bayon qilmagan abituriyentning apellyatsiya shikoyati ko’rib chiqilmaydi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2021-yil 27-iyuldagi 315-sonli buyrug`iga muvofiq O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (keyingi o`rinlarda - universitet) “Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi” qoshidagi “Karyera markazi” (keyingi o‘rinlarda - Markaz) faoliyati tartibini belgilaydi Markaz bitiruvchi talabalar soni, ularning ishga joylashishi monitoringi, bitiruvchi talabalarga yirik, o‘rta va kichik davlat va nodavlat korxona va muassasalarida mavjud ish o‘rinlari haqida davriy yangilanib boradigan ma’lumot-axborotlarni taqdim borish, barcha kurs talabalarini memorandum va shartnomalar asosida amaliyotlarga yo‘llash, tizimda byurokratik to‘siqlar yuzaga kelishini oldini olish va tahliliy ma`lumotlarni shakllantirish hamda qaror qabul qilish jarayonini optimallashtirish kabi vazifalarni amalga oshiruvchi universitet tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
Markazninng maqsadi
Talabalarning shaxsiy o‘sishi va malakasini oshirishda yordam berishtalabalarni bilimli bo`lishiga va ularni o‘z sohasida tarjibasini oshirishga ko‘maklashish, jamiyatga salohiyatli kadrlarni tayyorlash va ularni ish topishga yordamlashish, hamkor korxona va tashkilot vakillari har oyda kamida ikki marta kelib universitet talabalarini seleksiya ishlarini amalga oshirishlari uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish.
Ma`lumotlarni PDF shaklida yuklab olish
Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu nazorat turi bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talabalar ta’til vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng o‘zlashtirilmagan fanlarni o‘z hisobidan qayta o‘qish huquqiga ega bo‘ladi.
Ta’lim oluvchini kursdan kursga o‘tkazish uning GPA qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. OTM talabalarni kursdan kursga o‘tkazishda GPA ko‘rsatkichini mustaqil belgilash huquqiga ega. Bunda GPA ko‘rsatkichi 2,4 — 3,0 oralig‘ida bo‘lishi talab etiladi. GPA o‘tish ballini to‘play olmagan talaba qayta o‘qish uchun tegishli kursda qoldiriladi. Semestr va o‘quv yili yakuni natijalari bo‘yicha akademik qarzdorligi bor ta’lim oluvchilar o‘qishdan chetlashtirilmaydi. Kursdan kursga qolgan talabalar faqat qarzdor bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirib ularga mos ravishda shartnoma mablag‘larini to‘laydi. Shartnoma asosida bir kursda qayta o‘qish soni chegaralanmaydi. Jami ta’lim olish muddati bakalavriat uchun 1 kursga o‘qishga qabul qilinganidan so‘ng 8 yilgacha, magistratura uchun 1 kursga o‘qishga qabul qilinganidan so‘ng 4 yilgacha deb belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ta’lim oluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlari asosida o‘qishni qayta tiklash va ko‘chirish huquqiga ega. Ta’lim oluvchi tomonidan chetlashtirilgunga qadar o‘zlashtirgan kreditlar miqdori oliy ta’lim muassasasi tomonidan to‘liq hajmda hisobga olinadi.
Ma`lumotlarni PDF shaklida yuklab olish
Talaba shaxsiy ma’lumotini o’zgartirish uchun eng avvalo Rektor nomiga talaba nomidan ariza yoziladi. Arizada nima sababdan shaxsiy ma’lumotini o’zgartirish sababi keltiriladi.
Ariza tasdiqlangandan so’ng ya’ni buyrug’i tasdiqlangandan so’ng hemis bo’yicha Dekan muovuniga murojat qilinadi va hemis orqali shaxsiy ma’lumot o’zgartiriladi.
Talaba almashinuvini dasturini shakillantirish:
Talaba almashinuv ma’lumotlarini shakillantirish tizimining Talabalar/Talaba almashinuv menyusi orqali amalga oshiriladi talaba almashinuv ma’lumotlarini yaratish uchun +yaratish tugmasini tanlang natijada ma’lumotlarni shakillantirish oynasi payda bo‘ladi .
Talaba almashinuv ma‘lumotlarini quydagicha shakillantiring :
O‘quv yili maydonidan o‘quv yilini tanlang :
Almashinuv turi ,maydonidan talaba almashinuv turini tanlang .
Talaba almashinuv dasturi bo’yicha boshqa davlatga ketsa ,kelgan talaba ta’lim shaklini tanlang davlat maydonidan talabaning ketgan yoki kelgan davlatini tanlang Ta‘lim turi maydonidan talaba turini tanlang bunda mos ravishda,bakalavr ,magistr ordinatura ,doktarantura ,Phd ,doktarantura DSc kabi turini tanlang to‘liq ism maydoniga talabaning familyasi ,ismi va sharfini kiriting :
Almashinuv hujjat maydoniga almashuv hujjat ma‘lumotlarini kiriting mutaxassislikni kiriting talaba almashinuv bo‘yicha talabalar ro‘yxatini ko‘rish uchun tizimning talaba almashinuv menyusini tanlang talaba almashinuv ma‘lumotlarini tahrirlash natijada talabalar ro‘yhati ochiladi ro‘yhatdan biror talaba tanlansa talaba almashinuv ma‘lumotlari tahrirlash oynasi ochiladi .
Talabalar o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash
2023/2024-o’quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash bo’yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali qabul qilinadi:
transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;
my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan.
Kerakli hujjatlar:
ariza (onlayn tarzda)
transkript yoki reyting daftarchasi (JPG yoki PDF shakli)
akademik ma’lumotnoma (oʻqishni tiklovchilar uchun).
Eslatib o‘tamiz, joriy yildan boshlab faqat 2 toifadagi talabalar (turmush qursa yoki davlat xizmatchisining ishi boshqa joyga o‘tganda)ga ichki "perevod" uchun o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.
«Perevod» bo‘yicha kengroq tushuntirish
Quyidagi tushuntirishlarimiz Prezident qaroriga asoslangan, ya’ni rasmiy kuchga ega.
Bir oliy ta’lim muassasasi doirasida oliy ta’limning mos yo‘nalishi bo‘yicha talabalar o‘qishini ta’lim shaklini o‘zgartirish (kunduzgi ta’limdan sirtqi ta’limga): Oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish.
Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:
talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;
davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida)
Ma`lumotlarni PDF shaklida yuklab olish