“Registrator ofisi” boshlig‘ining lavozim vazifalari:
Ofis xodimlarining ishini tashkil qilish va toʻgʻridan-toʻgʻri ularni boshqarish;
Ofis xodimlarining lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqish;
talabalarga koʻrsatiladigan xizmatlarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini doimiy nazorat qilish;
talabalar, professor-oʻqituvchilar, xodimlar, fakultetlar, kafedralar hamda boʻlimlarning Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va OTT tomonidan oʻrnatilgan talablar asosida oʻquv jarayonini tizim orqali toʻgʻri tashkil etishini muvofiqlashtirish;
Ofis tomonidan yoʻlga qoʻyiladigan xizmat turlarini kengaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ofisning yaqin va uzoq muddatli rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish;
talabalar, ota-onalarning taklif va shikoyatlarini koʻrib chiqish hamda nizoli holatlarni qonunchilikda belgilangan tartib asosida vakolat doirasida bartaraf etish;
Xizmat koʻrsatish (front office) va Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlim boshligʻi va menejerlarning mehnat faoliyatini tahlil qilish, baholash hamda ragʻbatlantirish boʻyicha rahbariyatga takliflar kiritib borish.
“Registrator ofisi” boshlig‘i lavozimiga magistr yoxud klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki mutaxassislik dasturlari bo‘yicha (1997-yilgacha) olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega (ilmiy darajali yoki ilmiy unvonga ega shaxslarga ustuvorlik beriladi), ECTS (European Credit Transfer System) kredit-modul tizimini biladigan (xorijiy tillarni biladigan yoxud xorijiy OTTni tamomlagan yoki tajriba oshirganlarga ustunlik beriladi), kamida 3 yil oliy taʼlim boshqaruvi organlarida rahbarlik lavozimida ishlagan yoki OTTda ish staji kamida 5 yil boʻlgan shaxslar tayinlanadi.