Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlim boshligʻining lavozim vazifalari:
Ofis xodimlarining ishini tashkil qilish va toʻgʻridan-toʻgʻri ularni boshqarishda ofis boshlig‘iga koʻmaklashish;
Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlimidagi sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
talabalarga tegishli boʻlgan statistik maʼlumotlarni yuritish hamda “HEMIS” axborot tizimiga toʻgʻri kiritilishini nazorat qilish;
talabalar hujjatlarini yuritish va saqlash jarayonini muvofiqlashtirish:
“HEMIS”, “LMS” taʼlim platformalari va idoralararo yagona elektron hujjat aylanish “ijro.gov.uz” tizimidan foydalanish va ijrosini taʼminlash;
Ofisda amalga oshirilgan ishlarning holatini, shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlaridagi oʻquv jarayonining tashkil etilishi holatini tizim orqali baholab borish;
oʻquv jarayoni grafigiga asosan elektron taʼlim platformasida oʻquv ishlari prorektori (filial direktori oʻrinbosari) tomonidan tasdiqlangan yakuniy nazoratlar jadvali asosida oʻz vaqtida oʻtkazilishini tizim orqali nazorat qilish;
oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish, talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarga asosan OTTning elektron taʼlim platformasi orqali talabalar harakatini umumlashtirish va tahlil qilish (oʻqishini koʻchirish, akademik taʼtilga chiqarish va qaytarish, oʻqishini tiklash);
talabalar, professor-oʻqituvchilar, xodimlar, fakultetlar, kafedralar, xizmatlar va boʻlimlarning Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar hamda OTT tomonidan oʻrnatilgan talablar asosida oʻquv jarayoni tizim orqali toʻgʻri tashkil etishini muvofiqlashtirish.
Maʼlumotlar bazasi (back office) boʻlim boshligʻi lavozimiga magistr yoxud klinik ordinatura (tibbiyot fanlari uchun) yoki mutaxassislik dasturlari bo‘yicha (1997-yilgacha) olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega (ilmiy darajali yoki ilmiy unvonga ega shaxslarga ustuvorlik beriladi), ECTS (European Credit Transfer System) kredit-modul tizimini biladigan (xorijiy tillarni biladigan yoxud xorijiy oliy taʼlim muassasasini tamomlagan yoki tajriba oshirganlarga ustunlik beriladi), kamida 2 yil oliy taʼlim boshqaruvi organlarida rahbarlik lavozimida ishlagan yoki oliy taʼlim tashkilotida ish staji 3 yil boʻlgan shaxslar tayinlanadi.